Jaziramadan aziyat chekuvchilarga 5ta tavsiya

Light 12:00 / 10.06.2019 13802

Agar peshonangizdan do‘lday tomchilar oqayotgan va bunga ortiq bardoshim yetmaydi deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, maslahatlarimizga quloq tuting.

Issiqqa moslashish siz o‘ylaganchalik qiyin ish emas.

1. Sovuq suv ichmang
U chanqoqni qondirmaydi, o‘zi bilan tuzni oladi-da 5 daqiqadan so‘ng tanangizdan uchib ketadi. Choy yoki shirin bo‘lmagan kvas iching. Shakar qo‘shilgan gazli ichimliklarga oid hamma narsa ayon: qancha ko‘p ichsangiz, shuncha ko‘p xohlayverasiz.

2. Agar uydan jazirama vaqtida chiqsangiz, keskin harakatlar qilmang
O‘zingizni ehtiyot qilishga harakat qiling: bir tekisda qadam tashlang, ko‘chaning soya tomonida harakatlaning. Doimo. Eng asosiysi har piyoda yurishdan so‘ng oyoq yuzasi va to‘pig‘ini sovuqroq suvda chayishni unutmang. Tanangizning bu qismlarida faol nuqtalar juda ko‘p va bu harakat ular uchun juda foydali.

3. Sovutilgan choy iching
Achchiq bo‘lmagan har qanday turdagi ko‘k choy damlang. Sovugach ozroq asal, limon va yalpiz qo‘shing. Muz bilan ichsangiz ham bo‘ladi. Nafaqat mazali, balki foydaga ham boy.

4. «Antisharf» yasang
Oq ro‘molchani sovuq suvda namlaymiz va bo‘yinga tashlab olamiz. Namlik yo‘qolsa yana qaytarishimiz mumkin. Bu 2 daqiqaga qolmay o‘z samarasini ko‘rsatadi. Buning ikkinchi nomi «yaponcha konditsioner» deb ataladi. Haqiqatan ham yapon naqshinkor san'ati va filmlarida yelkasiga oq bog‘ich tashlab olgan odamlarni ko‘p uchratishimiz mumkin.

5. Agar iloji bo‘lsa, uxlab oling
Jazirama ob-havo sharoitida tushlikdan so‘ng ozroq mizg‘ib olishga harakat qiling. Bu o‘z tana haroratingizni pasaytirishga va charchoqni kamaytirishga shubhasiz o‘z ta'sirini ko‘rsatadi.

Ko‘proq yangiliklar: