Toshkentning Yunusobod tumanida ayol kishi boshqargan mashina daraxt yonida o‘tirgan uch nafar bolani bosib ketdi.
![](https://storage.kun.uz/source/4/KDtqgGnX0Loei0YViW80Xnhyk3TIw9ws.jpg)
Guvohlarning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, fojia 4 iyun kuni sodir bo‘lgan. Bolalarni bosib ketgach, ayol voqea joyidan piyoda ketib qolgan. 12 yashar bola voqea joyida halok bo‘ldi. Bolalarning biri og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Halok bo‘lgan bolaning qarindoshlari voqea joyidan olingan fotosuratlarni e'lon qilishdi.
![](https://storage.kun.uz/source/4/O8hIHMJ2Ba2_Q0ObWhB_qJmZejnI3RHM.jpg)
![](https://storage.kun.uz/source/4/xD91v54UFX_sfCJ2At41jru5fUYwgRy5.jpg)
Xabar berilishicha, ayol shu kuni IIBga olib ketilgan. Tergov organlari YTH tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.