Bosh prokuratura: «Quvasoysement» ustidan jinoyat ishi tiklandi. Hissadorlar dividentini olishi mumkin

Jamiyat 20:20 / 05.06.2019 6418

Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan «Quvasoysement» OAJning mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan 2012 yil 16 aprelda qo‘zg‘atilgan va keyinroq muzlatib qo‘yilgan jinoyat ishi tiklandi.

«Aniqlanishicha, «Quvasoysement» OAJ bosh direktori, Qozog‘iston fuqarosi S.D. va boshqalar tomonidan tamagirlik, o‘zganing ishonib topshirilgan juda ko‘p miqdordagi mulkini talon-toroj qilish, mansab vakolatini suiiste'mol qilish, mansab soxtakorligi, savdo qoidalarini hamda ekologiya xavfsizligiga oid normalarni buzish jinoyatlarini sodir etishib, davlat va aksiyadorlar manfaatlariga 58 mlrd. so‘m moddiy zarar yetkazishgan.

Ushbu zararni undirilishini ta'minlash maqsadida 57,5 mlrd. so‘m pul xatlangan.

S.D. tergovdan yashiringani sababli unga JKning 165-moddasi 3-qismi «a» bandi va boshqa moddalari bilan sirtdan ayblov e'lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qidiruv e'lon qilingan va ishni unga nisbatan qismi JPKning 364-moddasi 1-qismi 2-bandiga asosan to‘xtatilgan.

«Quvasoysement» OAJ bosh xisobchisi D.M. va boshqalarga nisbatan jinoyat ishining qismi sudga yuborilib, JIB viloyat sudi tomonidan 12.12.2012 yilda ko‘rilib, depozit hisob-raqamda saqlanayotgan pullardan 38,1 mlrd. so‘mi qonuniy egalariga o‘tkazilgan.

Qolgan 19,4 mrd. so‘m pullar S.D. e'lon qilingan ayblov bilan bog‘liq bo‘lganligi va u qidiruvda ekanligi sababli ularning taqdiri tergov natijasiga ko‘ra sud tomonidan qonuniy hal etiladi.

03.06.2019 yilda Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari tiklangan», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga bergan xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, sud hukmi bilan pulning katta qismi qonuniy egalariga - hissadorlarga qaytarilgan, qolgan qismi tergov yakunidan keyin sud hukmi asosida hal etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: