Stokgolm temir yo‘l vokzali yo‘lovchilar hisobiga issiqlik energiyasini oladi  

Light 00:12 / 03.06.2019 3771

Yo‘lovchilar dispetcher ovoziga diqqat bilan quloq solishadi, chiqish joyiga o‘tishadi, chiptani ro‘yxatga olish joyida rasmiylashtiradilar va o‘z poyezdlarini kutishadi. Shvetsiya poytaxti Stokgolmdagi temir yo‘l vokzali bir qarashda ana shunday. To‘g‘ri, u butun dunyodagi aksariyat temir yo‘l vokzallaridan farq qilmaydiganga o‘xshaydi.

Foto: TravelAsk

Aslida esa bunday emas. Poytaxt vokzali nafaqat o‘z vazifasini bajaradi, balki u yerdagi odamlar hisobiga issiqlik energiyasini ham ishlab chiqaradi.

Bu g‘aroyib bo‘lib ko‘rinadi, biroq temir yo‘l vokzali yo‘lovchilari issiqlik manbai ham bo‘lishi mumkin. Ammo uni ajratib olishni bilish zarur. Jernhusen shved kompaniyasi muhandislari ana shu mushkul vazifani uddalashdi.

Kunlik yo‘lovchi oqimi 200 ming kishidan ortiq Stokgolm vokzali issiqlik energiyasining bitmas-tuganmas manbai sanaladi. Har bir odam atrof-muhitga muayyan issiqlik miqdorini ajratadi. Vokzal binosidagi odamlar kiyim kiygani, ko‘pincha shoshishi va asabiylashishi hisobga olinsa, ofisdagi odamlarga qaraganda ko‘proq issiqlik ajratadi. Bu kabi odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda qulay havo haroratini ta'minlash uchun ventilyatsion tizimlar o‘rnatiladi. Biroq poytaxtdagi asosiy vokzal harorat nazorati shunday tuzilganki, yo‘lovchilar tomonidan ajratilgan issiqlik atrof-muhitga tarqalmaydi, undan suv to‘ldirilgan rezervuarlarni isitish uchun foydalaniladi.

Foto: TravelAsk

Vokzaldan u qadar uzoq bo‘lmagan yerda 13 qavatli ofis binosi joylashgan. Uni isitish uchun yo‘lovchilardan ajralgan issiqlikdan foydalaniladi. Qizigan suv maydoni 30 ming kv. m bo‘lgan binoga kelib tushadi va odatda ofisni isitish uchun sarflanadigan energiyaning chorak qismini tejaydi. Yevropa o‘lchamlariga ko‘ra uzoq davom etuvchi qish fasliga ega shved iqlimi uchun bunday tejamkorlik ahamiyatli ko‘rsatkichni namoyish etadi.

Qayd etish joizki, ko‘p sonli odamlar hisobiga bu kabi isitish tizimi boshqa joylarda ham mavjud. Energiyani bu usulda olish ayrim savdo markazlari va metro stansiyalarida ham bor. Finlyandiyadagi korporativ binolardan birida esa ko‘p sonli kompyuterlar ishlashi natijasida ajraladigan energiya to‘planadi.

Ko‘proq yangiliklar: