Endi AQSh vizasini olmoqchi bo‘lganlar ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi

Jahon 23:22 / 01.06.2019 29327

Endilikda AQSh vizasini olish uchun ariza beruvchilar ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini ko‘rsatishlari lozim, deb xabar berdi RIA Novosti davlat departamenti vakiliga tayanib.

"Davlat departamenti Amerika vizasi olish uchun ariza topshiruvchilardan qo‘shimcha ma'lumot, jumladan, ijtimoiy tarmoqlardagi identifikatorlari to‘g‘risida ma'lumot so‘rash maqsadida immigratsion va noimmigratsion vizalar uchun ariza blankalarini yangiladi", - dedi agentlik suhbatdoshi.

U aniq muddatni aytmadi, ammo Hill nashrining yozishicha, yangi qoidalar 31 maydan kuchga kirgan.

"Vizaga ariza topshiruvchilardan ushbu qo‘shimcha ma'lumotlarni to‘plash ularni tekshirish va shaxslarini tasdiqlash jarayonini takomillashtiradi", - deb qo‘shib qo‘ydi davlat departamenti xodimi.

Hill nashrining yozishicha, ariza beruvchi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasligini ko‘rsatishi mumkin, biroq agarda bu ma'lumot noto‘g‘ri bo‘lib chiqsa, "jiddiy immigratsion oqibatlar"ga olib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: