Kelajakning eng yaxshi mehmonxonalari

Light 15:20 / 30.05.2019 20198

Hozirgi kunda mehmonxonalar – konditsionerli xonaning o‘zigina emas. Texnologik rivojlanish mehmonxona sanoatiga o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Aksincha, butun dunyodagi otelerlar ko‘plab buyumlarni yaratishda novatorlar sanalishadi. 

Mehmonxona sanoatida namoyish etiladigan yorqin innovatsiyalardan biri mehmonxonani boshqarish tizimidan foydalanish bo‘lib, u xodim va mehmonlar orasidagi tartibsizlikdan xalos bo‘lishda yordam beradi. Maxsus datchiklar mehmonga qachon uyg‘onishni aytadi, robot-xodimlar esa unga taom va yangi sochiqlar keltirishi mumkin. facte.ru hozirda mavjud va yaqin kelajakda paydo bo‘ladigan mehmonxonalar haqidagi ma'lumotlarni taqdim etgan.

Poseydon dengiz kurortlari

Maskanning ochilishi 2008 yilga mo‘ljallangan edi. Biroq ishlab chiqarish bilan bog‘liq muammolar jarayonni sekinlashtirdi. Poseydon dam olish maskani texnologik ilg‘or suv osti mehmonxonasiga aylanadi. Bu nafaqat betakror servisni taklif etish, balki mehmonxona joylashgan yerdagi atrof-muhitni asrashga mo‘ljallangan ekologik loyihaning bir qismidir.

U Fiji qirg‘oqlarida joylashadi. Katta derazalar esa xushmanzaradan bahra olish imkoniyatini beradi.

Krystall mehmonxonasi

Yevropadagi ilk «suzuvchi mehmonxona» deb atalgan Krystall mehmonxonasi ulkan qor parchasi shaklida va Norvegiya fordlari qirg‘oqlarida joylashadi.

Mehmonxona Qutb aylanasida joylashadi. Bunday g‘aroyib joylashuv tashrifchilarga shimol yog‘dusini tomosha qilish uchun sharoit yaratadi. 

Poseydon dengiz kurortlari kabi Krystall mehmonxonasi ham «cheksiz loyiha»ga aylanadi. Bu uning atrof-muhitga ta'sir ko‘rsatmasligini anglatadi.

Shimao Hotel

Kelajak mehmonxonalari notanish joylarda quriladigan ko‘rinadi. Chiroyli manzarali adirliklarni izlash o‘rniga Xitoydagi Shimao Hotel dizaynerlari mehmonxonani tashlandiq sayozlikda qurishdi.

Ulkan, suv to‘ldirilgan o‘ra sayyohlar uchun g‘aroyib imkoniyatlarga ega joyga aylandi.

Mehmonxonaning har ikki tomonida qoyalar bor. Ular va suv sayyohlarga suv sporti turlari va banji-jampingdan zavq olish imkonini beradi.

Unbalance mehmonxonasi

Peruning poytaxti Lima shahridan uzoq bo‘lmagan qoyalarda joylashgan va okeanga qaragan Unbalance mehmonxonasi shunday loyihalashtirilganki, suratlar uchun katta hoshiyadek ko‘rinadi.

Bino 30 gradusga egilgan. Mehmonxona o‘rtasida katta teshik bor. G‘aroyib loyiha.

Water Discus Hotel

Bu mehmonxona ish boshlagach, Dubayning eng yaxshi mehmonxonasi hisoblanishi mumkin.

Poseydon kabi u ham atrof-muhitga kam ta'sir ko‘rsatadigan qilib loyihalashtirilgan.

Yevropadagi eng baland bino

Agar ulkan osmono‘par binoni qurmoqchi bo‘lsangiz, uni Shveytsariyadagi qishloqqa joylashtirarmidingiz? Bu g‘aroyib, biroq janubiy amerikalik arxitektor Tom Meyn aynan shuni rejalashtirgan.

80 qavatli hashamatli dam  olish maskani Londondagi The Shard’ni 70 metrga ortda qoldirib, Yevropadagi eng baland bino bo‘ladi.

Bino shunday loyihalashtirilganki, yuqoridagi qavatlar Yerdagi qavatlardan katta farq qiladi.

MORPHotel

Futuristik mehmonxonalarning eng zo‘r dizaynlaridan biri. Mehmonxona ob-havo sharoitlariga qarab o‘z shaklini o‘zgartiradi.

Shu tariqa, MORPHotel’ning doimiy joylashuv yeri bo‘lmaydi. U egalari qayerda to‘xtashni istasa, ana o‘sha yerga suzib boradi.

Dizayn umurtqa g‘oyasiga asoslangan.

Hollywood Hotel

Gollivudda sayyohlarni joylashtirish variantlari juda ko‘p. Biroq bunisi g‘aroyib bo‘ladi.

Davang tog‘ kurorti

Xitoy tog‘larida dunyodagi eng yirik kurortlardan biri paydo bo‘ladi. 150 ming kvadrat metrdan ortiq hududda akvabog‘, chang‘i trassalari va ulkan sharshara joylashadi.

Lofoten Opera Hotel

Sidney opera teatrini yodga soladi. Lofoten Opera Hotel sudralayotgan ulkan metall ilon kabi ko‘rinadi.

Shved qirg‘oq bo‘ylaridagi tog‘ tizmalariga yashiringan mehmonxona apartament va lyukslarni o‘z ichiga oladi. Tashrifchilarga tabiatdan bahra olish imkonini beradi.

Qayd etish joizki, to‘plamdagi ayrim mehmonxonalarning shaxsiy saytlari bor. Ularning yangiliklariga obuna bo‘lish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: