Video: Habib Nurmagomedov O‘zbekistonda osh tayyorladi

Sport 18:05 / 29.05.2019 42037

UFC bo‘yicha jahon chempioni rossiyalik sportchi Habib Nurmagomedov O‘zbekistonga kelgani xabar qilingandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi videolavha tarqaldi. Unda Habib Nurmagomedovning osh tayyorlayotgani aks etgan. Tasvirda Samarqand palovi pishirilayotganini ko‘rish mumkin.

Bundan oldin, Habib Nurmagomedovning o‘zi instagramdagi sahifasida Toshkentga kelgani haqida post joyladi.

«Mehmondo‘stlik uchun rahmat, birodarlar. Toshkent salqin ekan, lekin iftordagi Samarqandcha osh tanani yayratadi»,- deb yozdi Nurmagomedov instagramdagi postida. Suratda Nurmagomedov o‘zbekistonlik Otabek Umarov hamda Oybek Tursunov bilan tushgan.

Shuningdek, Habib Nurmagomedov O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov bilan birgalikda mashg‘ulotda ham qatnashdi. Bu haqda Otabek Umarov o‘zining instagramdagi sahifasida ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: