“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Xayrli ishlarda shoshilish”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toshkent shahridagi “Katta Qozirobod” masjidi imom-xatibi Abduqahhor Yunusov sharhlab berdi.
YouTube
Tas-IX
Xoris ibn Osim Ash'ariy (r.a) rivoyat qildilar:
“Rasululloh sallollohu alayhi vasallam marhamat qildilar: “Poklik – iymonning yarmidir...”.
Tasavvur qiling, Rasululloh sallollohu alayhi vasallam poklikni iymonning yarmiga belgilab beryaptilar. Bu juda katta ish, ulug‘ bir holat. Chunki poklikning iymonga tenglashtirilishiga Alloh taoloning bandalarini har taraflama pok bo‘lib yurishlariga juda katta targ‘ib bor.
“... Alhamdulillah, mezonni to‘ldiradi. Subhanollohi valhamdulillah yer bilan osmonning o‘rtasini to‘ldiradi”.
Bu go‘zal zikrda bandalarga juda katta daraja, juda katta mukofot Alloh taolo tomonidan tayyorlab qo‘yilgan.
“... Namoz nurdir”.
Nur - namozxondagi hayo, go‘zal xulq, birovni aldamaslik, birovni kamsitmaslik, birovdan o‘zini ustun qo‘ymaslik. Chunki bugungi kundalik hayotimizda o‘zi namoz o‘qib, ammo haqiqiy namozxonlarning sha'niga isnod keltirib qo‘yayotgan, ba'zi kishilar bor. Namozini mukammal bo‘lishini istagan mo‘min-musulmonlar namozini muhofaza qiladi.
“... Sadaqa hujjatdir”.
Har bir mo‘min-musulmonning zimmasida sadaqa bor. Uning turlari keng ma'noda qo‘llanilishi mumkin. Alloh taolo bergan mol-davlatni hisoblab, o‘rnida sarflashlik sadaqa hisoblanadi. Hech narsa bo‘lmaganda shirin so‘zni topib gapirishlik ham sadaqadir.
“... Sabr ziyodir”.
Har bir amalning go‘zal bo‘lishiga sabr, albatta, sababchi bo‘ladi. Barcha amallar, ibodatlar sabr ila ado etilsa, u ziyo bo‘ladi, nur bo‘ladi.
“Qur'on insonning foydasi va zarariga hujjat bo‘ladi”.
Qur'oni karimni quruq yodlab, unga amal qilmaydigan bo‘lsa, albatta, u zararga. Aksincha, bo‘lsa foyda. Chunki Qur'onni yodlash sunnat, unga amal qilish farzdir.
“Har kim o‘zini sotish maqsadida chiqadi. Yo uni azobdan saqlash uchun azoblaydi yoki halok etadi”, - deb marhamat qildilar.
Har kim o‘zini sotish uchun chiqadi, degan ma'no shu ekanki, kimki nafsini Alloh uchun sotsa, ya'ni Allohning buyruqlariga itoat qilib, unga go‘zal amal qilishga harakat qilayotgan bo‘lsa, u omonda bo‘ladi. Ya'ni, har kim o‘zi uchun harakat qiladi.