«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ 6 million 600 mingdan ziyod aholi xonadoniga xizmat ko‘rsatadi

Jamiyat 10:34 / 28.05.2019 2248

O‘zbekistonda so‘nggi uch yil ichida elektr energiya sohasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

«Prezidentimizning joriy yilning 27 martdagi «O‘zbekiston  Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, «O‘zbekenergo» AJ negizida uchta alohida - «Issiqlik elektr stansiyalari», «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» va «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. Bundan ko‘zlangan maqsad, elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotishni tashkil etishning zamonaviy uslublariga o‘tishdan iboratdir.

Jumladan, yangi tashkil etilgan «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatimiz tomonidan bugungi kunda mamlakatimiz bo‘ylab elektr energiyasi ta'minotida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yurtimizdagi 6 million 600 mingdan ziyod aholi xonadoni va 304 minga yaqin yuridik iste'molchilar 1629ta podstansiya, 79 122ta transformator punkti hamda 240,7 ming kilometr uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanmoqda», – deydi «Hududiy elektr tarmoqlar» AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyev.

Bundan tashqari, ayni paytda 7157,4 kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlari va 2590ta transformator punktlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. 

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ  matbuot xizmati xabar berishicha, yana bir yirik loyiha – Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari mamlakatimiz bo‘ylab jadal olib borilyapti.

Ko‘proq yangiliklar: