O‘zbekistonda dollar kursining o‘sishi tezlashdi

Iqtisodiyot 14:46 / 27.05.2019 52784

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 28 maydan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 24,99 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8485,91 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

1 yevro kursi 66,92 so‘mga qimmatlashib, 9505,92 so‘mni tashkil etgan.

1 rubl esa 0,46 so‘mga ko‘tarilib, 131,52 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: