Koreya Respublikasining Busan viloyati Al Fatah masjidida Busan viloyati musulmonlari o‘rtasida Qur'on musobaqasi bo‘lib utdi. Musobaqa Gimhe shahridagi Imom Al Buxoriy jome' masjidi imomi Abdug‘affor Ergashevning tilovati bilan boshlandi.
Video: Youtube
Musobaqada Koreyada yashab, ishlayotgan Indoneziya, Malayziya, Bangladesh, Pokiston va o‘zbekistonlik yosh qorilar Qur'onning 30 porasidagi suralarni o‘qib berdilar.
Qur'on musobaqasida Yongsan universiteti 2-bosqich talabasi, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrilik Muhammadmustafo Habibullayev 1-o‘ringa loyiq deb topildi.
Video: Youtube
Qayd etish joiz, janubiy Koreyada Ramazon oyida Qur'on musobaqasi o‘tkazish an'anaga aylangan.