Samarqandda mahalladoshlar janjali ikki kishining kasalxonaga yotqizilishi bilan tugadi

Jamiyat 16:34 / 25.05.2019 5168

Joriy yil 2 may kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumanida yashovchi 53 yoshli A.R. Nurobod shahar M.Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan “Terra Diamond Oil Group” MChJ binosida o‘zaro janjal tufayli mahalladoshlari, shu korxona rahbari 26 yoshli D.E. va korxona ishchisi 37 yoshli Sh.N.lar tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada Sh.N., D.E.lar kasalxonaga yotqizilib, A.R. ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: