Fransiyaning Lion shahri markazida portlash sodir bo‘ldi

Foto: Twitter /News_Executive
Fransiyaning Lion shahri markazida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda RBK nashri xabar berdi.
Portlash shaharning bosh maydoni Belkur yaqinidagi piyodalar ko‘chasida yuz bergan. Voqea oqibatida kamida 6 kishi jabrlangan.
Progrès nashri ma'lumotlariga ko‘ra, shahar markazidagi ko‘chalardan birida o‘ram portlagan.
“Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, minalashtirilgan o‘ram Viktor Gyugo ko‘chasida soat 17:30 atrofida portlagan. Ko‘plab yaradorlar bor”, deb xabar bergan nashr.
Lyonmag portali 8 kishi jabrlangani, ulardan 2 nafari jiddiy jarohatlar olganini ma'lum qilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, jo‘natma ichida mix va boltlar bilan to‘ldirilgan bomba bo‘lgan.
Politsiya voqea joyini o‘rab olgan va xavfsizlik nuqtai nazaridan odamlarni bu hududga bormaslikka chaqirgan.
Mavzuga oid

10:11 / 15.02.2025
G‘ijduvonda yana bir uy portlagani ma’lum bo‘ldi. Qurbon bor

10:18 / 13.02.2025
G‘ijduvonda gaz to‘planib qolishi oqibatida uy portladi

17:36 / 25.01.2025
Qozog‘istondagi neft bazasida portlash sodir bo‘ldi

18:40 / 05.01.2025