SpaceX uchinchi urinishdan Falcon 9 raketasini 60 ta sun'iy yo‘ldosh bilan birga uchirdi

Foto: AP Photo/John Raoux
AQShning SpaceX kompaniyasi uchinchi urinishdan Falcon 9 raketasini Starlink loyihasining 60 ta sun'iy yo‘ldoshi bilan birga uchirdi. Loyiha internet-trafikni uzatish global tarmog‘ini yaratishga mo‘ljallangan.
Raketa Floridadagi Kanaveral burnida joylashgan kosmodromdan mahalliy vaqt bilan 23 may soat 22:30da uchirilgan.
SpaceX’da ma'lum qilinishicha, sun'iy yo‘ldoshlar 550 km balandlikka olib chiqiladi.
Raketa dastlab 15 may kuni AQShning sharqiy sohilbo‘yidan uchirilishi kerak edi, biroq start yomon ob-havo sababli qoldirilgan. Keyingi kungi parvoz qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish va sun'iy yo‘ldoshlar dasturiy ta'minotini yangilash zarurati sababli yana bekor qilingandi.
Mavzuga oid

17:53 / 07.03.2025
Starship raketasi ketma-ket ikkinchi marta sinov paytida portladi

21:59 / 24.02.2025
NASA va SpaceX xavfli asteroidlarni kuzatuvchi teleskopni uchiradi

14:11 / 15.02.2025
Haqiqiy sun’iy yo‘ldosh tomon ilk qadamlar – «UzCanSat» sinov parvozlaridan fotoreportaj

12:49 / 06.02.2025