Quyonchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha Italiya-O‘zbekiston mutaxassislari hamkorlik uchrashuvi

Iqtisodiyot 14:10 / 24.05.2019 9965

Joriy yilning 22 may kuni Rim shahrida Italiya naslchilik uyushmasi vakillari hamda O‘zbekiston quyonchilik agrofirmalari vakillari bilan o‘zaro hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tashabbusi bilan O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.

Uchrashuv mobaynida, italiyalik mutaxassislarning naslchilik genetikasi va seleksiyasi sohasidagi yutuqlari butun dunyoda tan olinganligini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining ushbu mamlakat vakillari bilan hamkorligi samarali natijalarga olib kelishi mumkinligi alohida ta'kidlandi.

Uchrashuv yakunida Italiya naslchilik uyushmasi prezidenti Roberto Nochentiniva “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi O.Almardanov o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumning bosh maqsadi quyonchilik sohasi genetikasi bo‘yicha hamda quyonlarning yangi seleksiya nasllarini yetkazib berish borasida o‘zaro hamkorlik bo‘lib hisoblanadi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: