Zelenskiy Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashiga yangi kotib tayinladi 

Jahon 07:31 / 23.05.2019 10356

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashiga sobiq moliya vaziri Aleksandr Danilyukni kotib etib tayinladi. 

Danilyuk Zelenskiyning saylov kampaniyasi vaqtida uning maslahatchisi bo‘lgan, bungacha esa Ukraina prezidentining hukumatdagi vakili, prezident ma'muriyati boshlig‘i o‘rinbosari va moliya vaziri lavozimlarini egallagan. 

Danilyuk moliya vaziri lavozimidan bosh vazir Vladimir Groysman bilan nizodan keyin 2018 yilda bo‘shatilgan. Nizo Danilyukning o‘z o‘rinbosarlarini o‘zi mustaqil tanlashi huquqini himoya qilishga urinishi sababli chiqqan. 

19 may – Zelenskiyning inauguratsiyasidan bir kun avval Ukrainaning endilikda sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi lavozimidan Aleksandr Turchinovni bo‘shatgandi.

Ko‘proq yangiliklar: