Yandeks nimalar bilan hayratlantirmoqda

Fan-texnika 21:33 / 23.05.2019 18450

Rossiya poytaxti Moskva shahrida Yandeks kompaniyasining yillik YaC (Yet Another Conference) anjumani bo‘lib o‘tdi va unda Kun.uz sayti vakillari ham ishtirok etdilar.

Asosiy mavzusi “Kelajak detallarda” deb nomlangan bu anjumanda dunyoning eng yirik IT kompaniyalaridan biri bo‘lgan Yandex o‘zining amaldagi va yaqin kelajakda hayotga tatbiq qilinadigan texnologiyalarini taqdim qildilar.

Foto: Yandeks

Tadbirning o‘ziga xos jihati boshlovchisiz, to‘la-to‘kis Alisa dasturi yordamida bo‘lib o‘tgani bo‘ldi. Kompaniya asosichisi va bosh direktori Arkadiy Voloj Yandeks tomonidan ishlangan haydovchisiz avtomobil bilan zalga kirib kelishi bilan boshlangan tadbir kelajak texnologiyalarining navbatma-navbat taqdim qilinishiga ulanib ketdi. 

Foto: Yandeks

Moskva markazidagi “Megasport” saroyida, to‘rt ming nafarga yaqin tomoshabinlar, mutaxassislar va OAV vakillari ko‘z o‘ngida kompaniyaning Yandeks.Modul, bulutli restoranlar tarmog‘i, Alisa bilan aqlli uy, avtomobillarni intellektual boshqarish, Yandeks.Dzenning yangi imkoniyatlari, sun'iy ong bilan bog‘liq ishlanmalar namoyish etildi.

Foto: Yandeks
Foto: Yandeks
Foto: Yandeks

Taqdimotlar orasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi, bu yangiliklarni hayotga tatbiq qilish, ayrim texnologiyalarni joriy qilish (masalan haydovchisiz avtomobillar) uchun davlatlar qonunchiliklarida o‘zgarishlar zarurligi ma'lum qilindi. Chunki shu yilning o‘zida Yandeks tomonidan 100 dona haydovchisiz avtomobillar ko‘chalarga chiqarilishi mo‘ljallangan. 

Foto: Yandeks

Shuningdek tadbir davomida xalq artisti, bastakor Yuriy Bashmet ishtirokida konsert dasturi ham taqdim etildi. Bu dasturning o‘ziga xos jihati bastalangan musiqaning g‘oyasi Yandeks.Muzika aqlli dasturi tomonidan yaratilganligidir.

Mehmonlarga Yandeksning markaziy ofisi bo‘ylab ekskursiya ham uyushtirildi. Yodingizda bo‘lsa, saytimizda xalqaro kompaniyaning ofisi haqida fotojamlanma taqdim etgan edik.

Ko‘proq yangiliklar: