IIBB aeroportdagi «noqonuniy» taksichilar haqida xabar berishni so‘radi

Jamiyat 18:03 / 21.05.2019 13456

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda o‘z xizmatlarini taklif qilayotgan xususiy taksistlardan noroziliklar bildirildi. Taksistlarning yopishqoqliklaridan ham ko‘ra, odamlar asossiz tarzda ko‘tarilgan narxlardan norozi edilar, deb xabar qilmoqda IIBB.

Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining va jurnalistlarning xabarlarini inobatga olib, vaziyatni nazoratga olgan. Soliq idorasi va O‘zbekiston avtomobil transport agentligi vakillari bilan birga avtotransport vositalari uchun ajratilgan hududda muntazam ravishda litsenziyasiz ishlaydigan taksistlarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda. 

Masalan, aprel oyi va may oyining 20 kunida 43 ta “noqonuniy” taksistlar aniqlandi, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-3-moddasiga muvofiq (“Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish”) choralar ko‘rildi.
  
“Ammo shuni tan olish kerakki, ular butunlay yo‘qolmagan. Bugun “noqonuniy” taksistlar quyidagi uslubni tanlashgan: ular mashinalarini aeroport hududidagi avtoturargohda emas, uzoqroqda qoldirishadi. Aeroportdan chiqish tomonga esa mijoz chaqiradigan odamlarni jo‘natishadi.

Toshkent shahar IIBB bu kabi vaziyatga to‘qnash kelgan barchani “noqonuniy” taksistlar va ularning yordamchilari haqida Xalqaro aeroport yaqinidagi hududda xizmat olib boruvchi ichki ishlar organlari xodimlariga xabar berishni, yoki 102, 71-232-30-40 va 71-232-40-50 raqamlari orqali xabar berishlarini so‘raydi. Lisenziyasiz ishlayotgan taksistlarni va ularga yordam berayotganlarni suratga tushiring, ishonchingiz komil bo‘lsin: choralar ko‘riladi”, - deyiladi xabarda.  

Ko‘proq yangiliklar: