Bokschilar bir-birlarini bir vaqtda nokdaunga jo‘natdilar (video)

Sport 22:51 / 21.05.2019 35226

AQShdagi boks janglaridan birida kutilmagan holat yuz berdi – bokschilar bir-birlarini bir vaqtda nokdaunga jo‘natdilar. Ushbu holat videosi YouTube’da joylashtirilgan.

Voqea kubalik Irosvani Dyuvergel va amerikalik Jyerxed Fenderson o‘rtasidagi jangda yuz bergan. 3-raundda bokschilar o‘zaro zarbalar almasha boshlaganlar va qo‘sh nokdaunga uchraganlar. Dyuvergel zarbadan keyin kanatlar ustiga yiqilib, darhol o‘rnidan tura olgan, Fenderson esa ma'lum vaqt ringda yotgan. Jang keyinroq hakamlarning bir ovozli qaroriga ko‘ra Fenderson g‘alabasi bilan yakunlangan.

Ko‘proq yangiliklar: