Dollarning rasmiy kursi ko‘tarilishi davom etmoqda

Iqtisodiyot 14:10 / 20.05.2019 16958

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 21 maydan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 2,76 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8460,92 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

1 yevro kursi 62,05 so‘mga tushib, 9439,00 so‘mni tashkil etgan.

1 rubl esa 1,32 so‘mga qimmatlab, 131,06 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: