Kattaqo‘rg‘onda sement zavodi tashkil etildi

Iqtisodiyot 16:00 / 19.05.2019 14143

O‘zbekiston hukumati tomonidan 17 may kuni «Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida sement zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorga binoan Kattaqo‘rg‘on tumanida 2019—2021 yillarda umumiy qiymati 340 million dollarlik, yiliga 2,4 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan zavod — Hengyuan cement qo‘shma korxonasi tashkil etildi.

Qo‘shma korxona 2020 yil 1 oktyabriga qadar:

  • Hengyuan cement va uning subpudrat tashkilotlari tomonidan chetdan olib kelinadigan, shu jumladan, «vaqtincha olib kirish» bojxona rejimida asbob-uskunalar, xom-ashyo va materiallar, mashina va mexanizmlar, maxsus transport vositalari, ehtiyot qismlar va butlovchi uzellar, priborlar va instrumentlar, texnik va loyiha hujjatlari belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha bojxona to‘lovlarini (bojxona yig‘imlari bundan mustasno) to‘lashdan; 
  • import qilinadigan materiallar, asbob-uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik jihozlar, priborlar, ehtiyot kismlar, instrumentlar — majburiy sertifikatlash tartibotidan ozod qilindi.

 

Ko‘proq yangiliklar: