O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari so‘nggi bir oy ichida 1 mlrd dollarga kamaydi. Bundan Markaziy bank ma'lumotlari darak beryapti.
1 may kuni holatiga rasmiy zaxiralar 26,6 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 1 aprelda bu ko‘rsatkich 27,6 mlrd dollar edi.
Agar tuzilmaga qaralsa, unda o‘tgan oyda xorijiy valutadagi zaxiralar keskin qisqarganini ko‘rish mumkin - 12,8 milliard dollardan 11,5 milliard dollargacha.
Oltin zaxiralari yil boshidan buyon maksimal ko‘rsatkichga yetgan - 14,6 milliard dollar (bir oy oldin 14,4 milliard dollar edi).
Chet el valutasidagi hajmlarning pasayishi ayniqsa 1 mart holatidagi keskin o‘sish fonida ajralib turibdi:
AQSh dollarida mlrd |
1 yanvar |
1 fevral |
1 mart |
1 aprel |
1 may |
Oltin |
14,64 |
14,57 |
14,47 |
14,41 |
14,65 |
Xorijiy valuta |
12,07 |
12,27 |
13,23 |
12,85 |
11,59 |