O‘zbekistonda tug‘ilgan Rossiya fuqarolariga Fuyuan shahriga kirish uchun taqiq qo‘yilgani rad etildi

O‘zbekiston 07:43 / 18.05.2019 9296

Tashqi ishlar vazirligi konsullik-huquqiy departamenti maxsus axborot bilan chiqdi. U vazirlik saytida e'lon qilindi.

Mamlakatning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, ba'zi MDH mamlakatlarida, jumladan O‘zbekistonda tug‘ilgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga Xitoyning Rossiya bilan chegaradosh Fuyuan shahriga kirish uchun taqiq qo‘yilgani to‘g‘risidagi ayrim OAVlarning xabarlari rasman tasdiqlanmagan.

Foto: Vadim Lychuxo

Konsullik-huquqiy departamenti eslatishicha, Rossiyaning Uzoq Sharq federal okrugi (Amur oblasti, Kamchatka o‘lkasi, Magadan oblasti, Primore o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin oblasti, Yahudiy avtonom oblasti, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishi mumkin: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.

Ko‘proq yangiliklar: