16 may kuni Samarqand shahrining Motrid qo‘rg‘onida yo‘lovchi avtobusi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Avtofalokat oqibati tasvirlangan fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.
Kun.uz manbalarining voqea tafsilotlarini so‘zlab berishlaricha, 404-yo‘nalish bo‘yicha qatnovchi Isuzu rusumli yo‘lovchi avtobusi «Spark» avtomobili bilan to‘qnashib, yo‘lga yonboshlab qolgan.
Samarqand viloyat IIB YHXB matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi tufayli qurbon bo‘lganlar yo‘q, uch kishi turli darajadagi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.