Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar IIBB «Tramadol» bo‘yicha eslatma bilan chiqdi

Foto: Glavvrach.com
11 may kuni soat 11:00da Chilonzor tumanida “Toshkent” savdo markazida ishlovchi samarqandlik 31 yoshli F.G. taqiqlangan dori vositalarni saqlashda gumonlandi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
Xolislar ishtirokidagi tekshiruvda undan 1 konvaluta (10 tabletka) “Tramadol” topildi. Shundan so‘ng u ishlaydigan do‘kon tekshirilganda, uning ustki kiyimining cho‘ntagidan yana 217 ta “Tramadol” tabletkalari topildi.
Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
“Hurmatli fuqarolar! Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 22 oktyabridan boshlab giyohvandlik vositalarining analoglarini noqonuniy tayyorlash, xarid qilish, saqlash, sotish va boshqa harakatlar uchun jinoiy javobgarlikka jalb qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 oktyabrdagi Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida savdosi taqiqlangan narkotik vositalari ro‘yxatiga Tramadol kiritildi.
Tramadol inson psixikasiga boshqa narkotik kabi kuchli ta'sir o‘tkazib, unga o‘rganib qolish mumkin. Uni ta'sir kuchi bo‘yicha morfin bilan solishtirish mumkin. Bir marta iste'mol qilinganda eyforiya uyg‘otishi mumkin, muntazam ravishda iste'mol qilinganda o‘rganib qolish mumkin.
Hurmatli hamshaharlar va poytaxt mehmonlari! Qonun bilan kelishmovchilik kelib chiqmasligi uchun dori vositalarini dorixonalardan boshqa joylarda xarid qilmang. Yodingizda bo‘lsin: vrach ko‘rsatmasisiz erkin savdoda cheklangan dori vositalari ro‘yxatiga kiruvchi dori vositalarini xarid qilish, qonunga xilof ish qilish demakdir”, - deyiladi IIBB xabarida.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

07:47 / 15.06.2021
Toshkentda IIBB xodimi va ichki ishlar bo‘limiga kelgan fuqarolar o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi

17:34 / 20.05.2021
Bo‘stonliqda Toshkent shahar IIBB xodimi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

12:01 / 06.05.2021
Ravshan Sultonxo‘jayev Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi

23:51 / 24.02.2021