“Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining Toshkent viloyatidan o‘tuvchi qismida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali o‘tgan 3 kun mobaynida 1652 ta qoidabuzarlik aniqlandi.
Viloyatlar kesimida tahlil qilinsa, qoidabuzarliklar Andijon viloyati 242 ta, Farg‘ona viloyati 487 ta, Namangan viloyati 332 ta, Toshkent viloyati 343 ta va boshqa hududlardan 248 tani tashkil etdi.
Toshkent viloyati YHX boshqarmasi viloyat hududida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari muntazam ravishda har kuni faoliyat olib borayotganligi xaqida ogohlantiradi.
Toshkent shahri bilan vodiyni bog‘lovchi A373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘li orqali bir kunda qariyb 30 mingdan ortiq avtomobil harakatlanadi.
Rustam Asqarov,
Toshkent viloyati IIB YHXB Matbuot guruhi inspektori.