Sudanning sobiq prezidenti namoyishchilarning o‘limiga aloqadorlikda ayblandi 

Jahon 10:04 / 14.05.2019 3385

Sudan prokuraturasi sobiq prezident Umar al-Bashirni mamlakatda yaqinda o‘tgan ommaviy noroziliklar vaqtida namoyishchilarning halok bo‘lishida ayblamoqda. Bu haqda “An-Nahor” nashri xabar berdi.    

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, prokuratura bayonotida ta'kidlanishicha, sobiq prezident va boshqa yuqori lavozimli amaldorlarning ushbu jinoyatga aloqadorligi namoyishchilarning o‘limi bilan bog‘liq barcha holatlar bo‘yicha tergov qilinadi.

Sudanda 11 aprelda 4 oylik noroziliklardan keyin harbiy to‘ntaruv sodir etildi. Prezident hokimiyatdan chetlatilib, keyinroq panjara ortiga jo‘natilgan.

Avvalroq Umar al-Bashir namoyishchilarning o‘limidan tashqari, korrupsiyaviy jinoyatlar va valuta bilan ko‘zbo‘yamachiliklarda ayblanayotgani, 1989 yildagi to‘ntaruvdagi roli tergov qilinmoqchiligi ma'lum qilingan. 

Ma'lum qilinishicha, al-Bashir 11 maydagi so‘roq vaqtida korrupsiyadagi aybini tan oldi.

Ko‘proq yangiliklar: