Tadbirkorlik faoliyatini nimadan boshlashni o‘ylayapsizmi? Balki xususiy mehmonxona, kafe yoki restoran ochmoqchidirsiz? Yoki ishlab chiqarish bilan shug‘ullanish uchun sex, zavod yoki fabrikabop joy kerakmi? "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan boshlang‘ich bahosi 1 so‘mga teng qiymatdagi davlat obektlari orasida aynan siz istagan bino va inshootlar ham borligi shubhasiz. www.e-auksion.uz saytiga kirib o‘zingizni qiziqtirgan obektni tanlang va onlayn-auksionlarida ishtirok etib, rejalaringizni amalga oshiring.
"E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan ko‘plab bo‘sh turgan davlat mulki obektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘mga teng qiymatda savdoga chiqarilmoqda. Ularning ayrimlari bilan quyida tanishishingiz mumkin:
Buxoro viloyati, Kogon shahar, Vatanparvar ko‘chasida joylashgan Sobiq harbiy qismga qarashli 2-son kazarma bino va inshootlari;
Buxoro viloyati, Vobkent tumani, Xalach MFY, Quyi Xalach aholi punktida joylashgan Sobiq “Yosh mexanizator” bolalar sog‘lomlashtirish lagerining bino va inshootlari;
Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani, Navbahor MFY, Cho‘lquvar massivida joylashgan 1-sonli suv ko‘tarish nasos stansiyasining bino va inshootlari;
Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, Baraka MFY Yangiyer aholi punktida joylashgan Dala shiypon bino va inshootlari;
Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, Pastki Buloqboshi MFY Buloqboshi qishlog‘ida joylashgan Pastki Buloqboshi QVP binosi;
Surxondaryo viloyati, Denov tumani, "Denov" QFY "Yurchi" maxallasida joylashgan Oshxona binosi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani, MFY "Kumbaskan" OFYda joylashgan 2 qavatli ma'muriy bino;
Shuningdek, Toshkent shahrida quyidagi davlat ko‘chmas mulk obektlari endilikda 20% arzonlashgan narxda onlayn-auksionga chiqarildi:
Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Bunyodkor ko‘chasi 4a-uyda joylashgan 1-qavatli binoning foydalanilmayotgan yerto‘la qismi baholangan narxi 1 024 669 829,40 so‘m. Dastlab, bu obekt 1 195 448 134,3 narxda onlayn-auksionga chiqarilgan edi.
Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Sakkokiy ko‘chasi, 3a-uyda joylashgan bino va inshootlar baholangan narxi 26 652 675 568,80 so‘m. Dastlab, ushbu mashhur obekt 31 094 788 163,6 narxda onlayn-auksionga chiqarilgan edi.
Onlayn-auksionga chiqarilgan davlat ko‘chmas mulk obektlarining to‘liq ro‘yxati bilan www.e-auksion.uz saytida tanishishingiz mumkin.
“E-IJRO AUKSION”ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalari:
Telegram : @onlineauksionuz
Facebook: /eauksion.uz
Instagram: /eauksionuz
Twitter: /eauksionuz