MIB Farg‘onada qo‘shma korxona foydasiga 112 ming AQSh dollari undirdi

Jamiyat 14:16 / 13.05.2019 6743

Toshkent shahar Iqtisodiy sudining 04.03.2019 yildagi 4-10-1802-279-sonli ijro hujjatiga asosan qarzdor «Fargona avto Glass» MChJdan undiruvchi Koreya Respublikasining «Jung Kwang CO LTD» qo‘shma korxonasi foydasiga jami 129 ming 40 AQSh dollari (milliy valutada 1 mlrd. 59,4 mln. so‘m) miqdoridagi qarzdorlikni undirish belgilangan bo‘lib, byuroning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan 26.03.2019 yilda ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor «Fargona Avto Glass» MChJ vakiliga «Sud hujjatlari va boshqa organlari hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda bajarish uchun 15 kunlik muddat belgilangan hamda sud hujjatini o‘z vaqtida ijro qilmaslikning huquqiy oqibatlari ham tushuntirilgan. 

«Fargona Avto Glass» MChJ.ning murojaati Toshkent shahar Iqtisodiy sudi kassatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilib, 10.04.2019 yildagi ajrimi bilan «Fargona Avto Glass» MChJdan «Jung Kwang CO LTD» qo‘shma korxonasi foydasiga 112 ming AQSh dollari undirish belgilangan.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida «Fargona Avto Glass» MChJdan «Jung Kwang CO LTD» qo‘shma korxonasi foydasiga joriy yilning 16 aprelida 112 ming AQSh dollari pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘liq undirib berildi va ijro hujjati yuritishi tamomlandi.

Ko‘proq yangiliklar: