“Andijon hududiy elektr tarmoqlari” jamiyati 2019 yil davomida rivojlanish yo‘lidan boradi

Jamiyat 13:02 / 09.05.2019 10274

Ma'lumki, joriy yil mart oyida O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PK-4249 sonli qaroriga muvofiq, “O‘zbekenergo" AJ tizimida uchta alohida aksiyadorlik jamiyatlari tuzilishi belgilangan. “Oʻzbekenergo” AJ o‘rnida yangi tashkil etilgan "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ, “Milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ nomiga o‘zgartirildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad elektr energiyani ishlab chiqarish, yetkazish, taqsimlash va sotishni tashkil etishning zamonaviy uslublariga o‘tishdan iboratdir.

“Andijon hududiy elektr tarmoqlari” jamiyati mazkur islohotlar, bunyodkorlik ishlarini izchil olib borish, xodimlarga qulay ish sharoitlarini yaratib berish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.

 Jumladan, “Andijon XETK” AJning markaziy binosi hamda uning tasarrufidagi shahar va tuman elektr ta'minoti korxonalari - Marhamat, Jalaquduq, Buloqboshi, Izboskan, Asaka tuman, Baliqchi binolarini qayta ta'mirlash, zamonaviy-shaharsozlik me'yorlari asosida rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Jamiyatda aholini uzluksiz, sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun zamonaviy, innovatsion loyihalarni ishga tushirishga alohida e'tibor qaratiladi.Andijon tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Kamolot” nimstansiyasi 16 000 kVA quvvatga ega. Ushbu podstansiyaga  zamonaviy elektr qurilmalar o‘rnatilgan.

Podstansiyani qurib ishga tushirilishi natijasida Andijon shahrining «Pistamozor», Sho‘rbuloq MFY, Andijon tumanining Xrabek, Xortum hamda Jalaquduq tumanining Janubiy Olamushuk qishloqlaridagi aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obektlariga sifatli elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.

Andijon tumani Xrabek massivida “Andijon-Farm erkin iqtisodiy zona” tashkil etilishi munosabati bilan tashqi elektr ta'minoti uchun Kamolot podstansiyasiga qo‘shimcha T-2 sifatida 10 000 kVA quvvatli kuch transformator olib kelib o‘rnatildi.   

Joriy yilning fevral oyida viloyatning Xo‘jaobod tumanidagi aholi va  yuridik iste'molchilarga yanada sifatli elektr energiya yetkazib berish maqsadida 110/35/10 kV kuchlanishli Zavroq podstansiyasidagi yuklama bilan ishlayotgan 10 000 kV kuch transformatori quvvatini oshirish uchun yangi zamonaviy 25 000 kV kuch transformatori olib kelindi va shu oy ichida ishga tushirildi. 

Yil davomida viloyatda 0,4-110 kV kuchlanishli 468,5 km havo tarmog‘i va 6-10/0,4 kVli 175 ta transformator to‘la ta'mirlandi.  

Yil davomida 0,4-6/10 kVli 106,6 km tarmoqva 48 dona transformator punkti o‘rnatilib,“Obod qishloq dasturi” bo‘yicha 0.4-6/10 kv 22.4 km tarmoq qurib bitkazildi.  

Bunga misol tariqasida,Andijon tuman Chem MFY hududiga sifatli elektr energiya yetkazib berish maqsadida “Andijon halqa yo‘li” yo‘nalishi bo‘yicha yo‘l yoqasida yangi beton tayanchlariga almashtirish ishlari bajarilayotganini ko‘rsatish mumkin. Jarayon davomida Andijon TETK tomonidan 10kV kuchlanishli Qunji elektr uzatish tarmog‘ida 1100 metr havo tarmog‘i qayta qurildi va 36 dona yangi beton tayanchlari o‘rnatildi.                                                                                               

Elmurod Ermatov

Ko‘proq yangiliklar: