Bosh prokuratura Andijonda o‘yin ortidan sodir bo‘lgan qotillik haqida ma'lumot berdi

Jamiyat 14:17 / 08.05.2019 42976

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida 2019 yil 6 may kuni soat 21:40larda fuqaro A.U. tanishi S.U. bilan narda o‘yini o‘ynab o‘tirib, o‘zaro janjallashgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida aytilishicha, so‘ng ular S.U.ning boshqaruvida bo‘lgan avtomashinaga o‘tirishib, ko‘p masofa yurmasdan, avtomashina ichida o‘zaro janjalni davom ettirishgan. 

S.U. avtomashinani to‘xtatganida, A.U. avtomashinadan tushib S.U.ni urgan vaqtida, u avtomashinasidagi pichoq bilan A.U.ning chap ko‘krak qismiga bir marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan S.U. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: