Andijon IIB tomonidan “Namunali hudud” tajribasi amalga oshirilmoqda 

Jamiyat 13:41 / 08.05.2019 6862

Andijon shahrida jamoat tartibini ta'minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish maqsadida zamonaviy mobil  postlar hamda tashvish qurilmalarini o‘rnatish ishlari boshlandi. 

Andijon IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda 13 ta mobil postlar  shaharning aholi ko‘p to‘planadigan  joylariga  o‘rnatildi. Andijon shahrida jamoat tartibini saqlashda hududni kuzatib borish orqali tegishli tashkilotlarga tezkorlik bilan xabar yetkazish hamda fuqarolarga huquqiy maslahat berish maqsadida 40 dona tashvish qurilmalarini o‘rnatish ishlari ham boshlandi. 

Bundan tashqari, fuqarolar ko‘p to‘planadigan jamoat joylarida   jamoat tartibini saqlashdagi ish unumdorligini oshirish uchun xizmat qiladigan 4 dona skuterlar ham faoliyat yurita boshladi.

Ushbu tadbir huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda Andijon viloyatining Andijon shahri va Xo‘jaobod tumanida “Namunali hudud” tajribasini yaratish doirasida amalga oshirilmoqda. Tashkil qilingan mazkur postlar jamoat tartibini saqlashda hududni nazorat qilib borish orqali tegishli tashkilotlarga tezkor xabar yetkazish, shuningdek, fuqarolarga huquqiy maslahat berishda katta qulaylik tug‘diradi. Postlar kompyuter texnikalari, radio va telefon aloqasi, videonazorat qurilmalari va boshqa zarur uskunalar bilan ta'minlangan.  

Ichki ishlar bo‘limlarini aholiga yanada yaqinlashtirish, bevosita  ularga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida Andijon shahrining Bog‘ishamol dahasi va  Yoyilma MFY hududlarida yangi ichki ishlar bo‘limlari tashkil qilindi. 

Andijon shahar Bog‘ishamol dahasi Aylanma ko‘chasida joylashgan 5-sonli ichki ishlar bo‘limida barcha qulayliklarni o‘z ichiga olgan maxsus xonalar tashkil etildi.

Shuningdek, Jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda Andijon viloyati Ichki ishlar idoralari profilaktika inspektorlariga «Namunali hudud» tajribasini yaratish  doirasida “Profinspektor”  dasturiy ta'minoti o‘rnatilgan mobil telefonlar topshirildi.  

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan, ushbu mobil telefonlar orqali biriktirilgan hududni monitoring qilish, tahliliy geoaxborot tizimi, statistikasi va nazoratini olib borish imkoniyatini yaratiladi.

Mazkur dasturga olib borilayotgan profilaktik tadbirlarni suratga va ovozni yozib olish, hududda aniqlangan huquqbuzarliklar va sodir etilgan jinoyatlarni qayd etib borish, xarita bilan ishlash, obektlar joylashuvi, kategoriyasi va koordinatalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar kiritib boriladi.

Mobil dastur orqali jinoyat sodir etib, qidiruvda bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida ma'lumotlar olish hamda avtomobillarni davlat raqami orqali qidirish imkoniyatlari ham mavjud. 

Bu yangi innovatsion tizim profilaktika inspektorlarining ish samaradorligini oshirishga, turli ma'lumotlar izlab xizmat hududini tashlab ketish holatlariga chek qo‘yadi. Eng asosiysi, hujjatlar aylanmasida birmuncha soddalashtirish va elektron tizimga o‘tishga ijobiy ta'sirini ko‘rsatadi.

Ko‘proq yangiliklar: