Nobel mukofotiga arzirli 21 ta maktab kashfiyotlari
Ayrimlar uchun maktab va universitet – nafaqat o‘quv yillari, balki butun umr davomidagi ikkinchi uy. U yerda faoliyat yuritadigan odamlar mazkur maskanni talabalar uchun jozibador qilish orqali ularning hayotini osonroq, mashg‘ulotlarni esa qiziqarliroq qilishga intiladilar. Ba'zi o‘quv muassasalariga qarab, u yerda umrbod qolgingiz keladi.
Maktab va universitetlardagi ijodkorona kashfiyotlarga ega suratlarni e'tiboringizga havola qilamiz. Suratlarni tomosha qila turib, bularning barini o‘ylab topgan odamlarni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish istagi paydo bo‘lishi tabiiy.

1. Bu matematika sinfiga kiraverishdagi gilamcha

2. «Ana shunday usul bilan universitetda kalkulyator o‘g‘rilariga qarshi kurashadilar»

3. Bu kitoblar ko‘rinishida bo‘yalgan javonlar

4. «Universitetimizda telefoningizni o‘g‘irlab ketishlaridan cho‘chimay, bepul stansiyada quvvat oldirishingiz mumkin»

5. Manavi oppoq devor o‘z g‘oyalari bilan o‘rtoqlashishni istaganlar uchun

6. «Maktabimizda skeytbordlar uchun javonlar bor»

7. Mana bu esa orzuingizdagi zinapoya! Uni yasash juda oson bo‘ldi
«Sekin yuradigan odamlar olomonida qolishni istamaysizmi? Bizning maktabimizda har bir binodagi zinalarga «Yurish», «Yugurish», «Xabar yozyapman» yozuvlari yozilgan

8. «Maktabimizda chiqindiga qarshi idishlar ustidagi basketbol savati yordamida kurashadilar»

9. «Qizimning maktabida bolalarni bino bo‘ylab olib yurish uchun mana shu mashinalardan foydalanishadi»

10. Bolalar maktabda maxsus jyetonlarni ishlab topishadi, keyin esa ularni avtomatlardagi kitoblarga almashtiradilar

11. «Kimdir «Farengeyt bo‘yicha 451 gradus» kitobiga o‘t o‘chirgichni qo‘shib qo‘yibdi

12. Endilikda zerikarli yo‘lakcha haqiqiy san'at asari kabi ko‘rinishga ega bo‘ldi

13. Bu talabalar tomonidan chizilgan toshli yo‘lakcha. Mana shunday oddiy bezak shu darajada chiroyli ko‘rinadi deb kim o‘ylabdi?

14. «Maktabimizdagi avtomatlarda o‘quv qurollari sotiladi»

15. Nima uchundir bu maktabdagi o‘quvchilar qoidalarni «a'lo darajada» bilishlariga ishonchimiz komil

16. Mana bu oshpazlik xonasida stol ustiga ko‘zgu osib qo‘yilgan. O‘quvchilar o‘qituvchi nima qilayotganini ko‘rib turishadi

17. Kitob bilan uchrashuv - kutilmagan sovg‘ani yoqtirganlarning mutolaaga rag‘batini oshirishning a'lo usuli

18. Bu kabi o‘rindiqlarda o‘tirish uydagidan ham qulay va shinam

19. Maktab kutubxonasidagi mashg‘ulot va hordiq uchun yana bir hayratlanarli joy

20. Ehtimol bu kabi planshet stollar tez orada maktabdagi oddiy stollar o‘rnini bosadi

21. Myunxen texnologik universitetida mana shunday tepalikdan tushish moslamalari o‘rnatildi. Bu esa talabalarga mashg‘ulotlarni qoldirmaslik uchun rag‘bat beradi
Sizning o‘quv muassasangizda ham g‘aroyib kashfiyotlar bormi? Izohlarda biz bilan o‘rtoqlashing. Bu suratlardan qaysi biri sizga ko‘proq manzur bo‘ldi?
Mavzuga oid

14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?

18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi

15:15 / 14.02.2025
Har bir tuman va shaharda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi

14:01 / 13.02.2025