Qashqadaryoda yirik o‘g‘rilik sodir etgan shaxslar qo‘lga olindi

Jamiyat 12:11 / 06.05.2019 12667

2019 yil 3 may kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida yashovchi A.A. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 30 aprel kuni noma'lum shaxslar uyiga devor oshib o‘tish yo‘li orqali kirib, xonasidan 2 000 AQSh dollari, 35 mln. so‘m puli va umumiy qiymati 10 mln. so‘mlik tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “Ko‘chkak” mahallasida yashovchi M.X. va I.N. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: