Internet asoschisi tarmoqning asosiy xavfi nima ekanini aytdi

Foto: TASS
Tim Berners-Li internet yaratilganining 30 yilligiga atab ochiq xat e'lon qildi. U tarmoqning imkoniyatlarini suiiste'mol qilish xavfi haqida so‘z yuritdi va uni yaxshilash ustida ishlashga chaqirdi.
World Wide Web Foundation tashkiloti saytida nashr qilingan maqolada Berners-Li global tarmoq odamlar hayotini qulayroq qilgani, biroq shunda ham uning imkoniyatlarini suiiste'mol qilish xavfi mavjudligini aytdi.
Bugun internetdan kelib chiqib, yechish kerak bo‘lgan asosiy xavflar sifatida Berners-Li quyidagilarni sanab o‘tdi:
davlatlar tomonidan homiylashtirilgan xakerlar hujumi kabi qasddan qilingan harakatlar va internetdagi jinoyat;
qalbaki rag‘batni yaratuvchi, klikbeyt va yolg‘on xabar tarqatilishini qo‘llab-quvvatlovchi platformalar;
ijobiy maqsadlarni ko‘zlab yaratilgan platformalarda onlayn-muloqot vaqtida madaniyatning pasayishi kabi kutilmagan salbiy oqibatlarning yuzaga kelishi.
Internet asoschisi bu muammolarni yangi qonunlarni yaratish, tarmoq foydalanuvchilari uchun rag‘batni o‘zgartirish, shuningdek mavjud platformalarni ko‘zdan kechirish va yangilarini yaratish orqali hal etishga chaqirdi.
«Hukumat, tarmoq va birgina odamning o‘zinigina ayblay olmaysiz. Soddalashtirilgan yondashuv quvvatimizni yeb bitiradi, chunki biz muammolarning sababiga diqqatni qaratish o‘rniga uning belgilari bilan kurashyapmiz. Buni to‘g‘ri amalga oshirish uchun esa global veb-hamjamiyatiga birlashishimiz lozim», - deya undamoqda Berners-Li.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda qullikni bekor qilish haqidagi hujjat 13,7 mln dollarga sotildi
Jahon | 17:41
-
Rossiya «Tolibon»ni tan oldi, Tramp Putindan xafa – hafta dayjesti
Jahon | 17:13
-
Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezidentni yana hibsga olishni so‘ramoqda
Jahon | 17:11
-
Yaman husiychilari Isroil poytaxti aeroportiga raketa zarbasini berdi
Jahon | 16:07
Mavzuga oid

20:27 / 17.11.2020
Raqamli iqtisodiyot rivojiga bank tizimi va internet zarur - «O‘zbekiston eksportchilari» uyushmasi raisi

08:41 / 06.11.2020
O‘zbekistonda talabalar uchun internet trafigi sarflanmaydigan maxsus platforma ishlab chiqish taklif qilindi

13:52 / 02.11.2020
Starlink internetining tezligi raqobatchilaridan 4 barobar yuqoriligi ma'lum bo‘ldi

20:29 / 29.10.2020