Efiopiyada etnik to‘qnashuvlar oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi

Jahon 20:04 / 03.05.2019 4539

Efiopiyaning g‘arbida etnik to‘qnashuvlar oqibatida bir necha o‘n odam halok bo‘ldi. Bu haqda Banishangul-Gumuz viloyati vakiliga iqtibos keltirgan holda Addis Standard nashri xabar berdi.  

Nashrning ma'lum qilishicha, viloyatning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha boshlig‘i  Geleta Xaylu gumuz va shinasha etnik guruhlarining bir necha o‘n vakili halok bo‘lganini tasdiqlagan.

Xayluning ta'kidlashicha, qotilliklarni qurolsiz odamlarni pala-partish o‘qqa tutgan qurollangan guruhlar sodir etgan. U to‘qnashuvlar oqibatida halok bo‘lganlarning sonini aytishga hali ertaligini, dastlab tafsilotlarni o‘rnatish lozimligini aytgan.

Efiopiya bosh vaziri o‘rinbosari Demeke Mekonnen mahalliy agentlik AMMA’ga intervyusida to‘qnashuvlar viloyatning turli joylarida bir hafta oldin o‘ldirilgan 18 kishi uchun o‘ch olish bo‘lganini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: