Prezident Surxondaryoga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, yangi loyihalarni belgilash maqsadida Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi.
Kun.uz manbasi ma'lumot berishicha, tashrif shu kunlarda amalga oshirilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning yozidan buyon Surxondaryo viloyatiga rahbarlik qilib kelgan Bahodir Po‘latov 1 aprel kuni bosh vazir rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishdan keyin lavozimdan ozod etildi. Uning o‘rniga viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov vaqtincha hokim sifatida tayinlangan.
Tashrif davomida viloyatning doimiy rahbari lavozimga tayinlanishi kutilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti respublika hududlari bo‘ylab tashriflarining navbatdagi bosqichini 2018 yilning 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurish bilan boshlagandi. Prezident o‘tgan yilning 29-30 noyabr kunlarida Xorazm viloyatida ham bo‘lgandi. 13-14 dekabr kunlarida esa Qashqadaryo viloyatiga tashrif amalga oshirildi.
Shavkat Mirziyoyev joriy yil boshidan buyon Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Navoiy va Buxoro viloyatlarida ham bo‘ldi.
Prezident 24-27 aprel kunlari Xitoydagi «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumida ishtirok etib qaytdi.
Mavzuga oid

17:10 / 30.04.2024
"To‘ra Abdiyevich, qattiqroq oling" - Zoyir Mirzayev tibbiyotda yosh kadrlarni ishga olishdagi muammolar haqida

16:48 / 01.08.2023
To‘ra Bobolov tumanga hokim bo‘ldi

13:30 / 27.02.2023
To‘ra Bobolov yangi lavozimga tayinlandi

13:36 / 04.02.2023