O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 30 apreldan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 4,13 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8445,49 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
1 yevro kursi 78,12 so‘mga tushib, 9415,03 so‘mni tashkil etgan.
1 rubl esa 1,51 so‘mga oshib, 130,27 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.