Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odnoklassniki shaxsiy profillar uchun e'lonlarni rejalashtirish xizmatini ishga tushirdi

Foto: Odnoklassniki
Odnoklassniki shaxsiy profillarda keyinga qoldiriladigan e'lonlarni yaratish imkoniyatini joriy etdi. Yangi opsiya oldindan bir necha e'lonlarni rejalashtirish va ijtimoiy tarmoq bilan yanada qulay tarzda o‘zaro aloqa qilish imkonini beradi. Mazkur xizmat shaxsiy profilidan biznes uchun foydalanuvchilar, masalan blogerlar, mashhur insonlar va artistlar uchun foydali bo‘ladi. Keyinga qoldiriladigan postlar OKning veb-versiyasida ishlamoqda va tez kunlarda mobil platformasida ham joriy etiladi.
Keyinga qoldirilgan e'lon nimalarni anglatadi?
Keyinga qoldirilgan e'lon – bu har qanday kontentga ega to‘liq tayyorlangan post bo‘lib, sahifaga joylashtiriladi va uning e'lon qilinishi muayyan sana va vaqtga rejalashtiriladi. Ushbu funksiyadan foydalanish kontenti oldindan tayyorlangan ko‘plab postlar e'lon qiluvchilar uchun qulay bo‘ladi. Muallif har safar ijtimoiy tarmoqqa ulanishi kerak bo‘lmaydi, bunda kontentni bir marta joylashtirish, e'lon qilinadigan sanasi va vaqtini belgilash yetarli bo‘lib, post avtomatik tarzda e'lon qilinadi.
Keyinga qoldiriladigan e'lonlar nimalar uchun kerak?
Avvalo, keyinga qoldiriladigan e'lonlar ijtimoiy tarmoq bilan o‘zaro aloqa qilishni yanada qulaylashtiradi:
- SMM-menejyer yoki muallif mexanik ishga kamroq vaqt sarflaydi.
- Har kuni yoki har soatda boshqa vazifalardagi postingga chalg‘ish kerak bo‘lmaydi.
- Postingni aniq vaqtga, masalan e'lonlar har kuni 11:00da va 16:00da chiqishini sozlash qulay.
- Muallifdan bir necha vaqt mintaqasi yiroqda yashaydigan auditoriya uchun postlar e'lon qilish.
- Mazkur opsiya e'lonlarni rejalashtirib, kontentni oldindan tayyorlash imkonini beradi.
Keyinga qoldirilgan e'lon qanday joylashtiriladi?
Keyinga qoldirilgan e'lonni joylashtirish uchun:
- OKga e'lon rejalashtirilgan profil nomi orqali kirish;
- Profil sahifasida kontenti tayyor e'lonni yaratish;
- “E'lon vaqti”ga “galochka” belgisini qo‘yish;
- Ochilgan maydonda sana va vaqtni tanlash;
- “Saqlash” tugmasini bosish lozim.
Ushbu harakatlar amalga oshirilganidan so‘ng, e'lon rejalashtiriladi va tasmada belgilangan muddatda avtomatik tarzda joylashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Qurollarini topshirgan kurdlar, Boeing halokati yuzasidan dastlabki hisobot va yagona aviatashuvchisidan ayrilayotgan Rossiya – kun dayjesti
Jahon | 13:30
-
Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketi Slovakiyaga bog‘liq bo‘lib qolmoqda
Jahon | 13:06
-
Toshkentda sotilgan mashinalarni fuqarolar nomiga o‘tkazmay, MChJni bankrotlikka olib kelganlar ushlandi
Jamiyat | 13:02
Mavzuga oid

16:20 / 27.12.2023
Qashqadaryoda “Odnoklassniki.ru” saytidagi postlarga layk bosgan yigitga chora ko‘rildi

14:44 / 10.06.2023
Navoiylik keksa ayol 5 yil oldin diniy ma’ruzaga “klass” bosgani uchun 3 yilga ozodlikdan cheklandi

10:15 / 11.12.2020
«Odnoklassniki» guruhlar uchun donatlarni qabul qilish xizmatini ishga tushirdi

13:41 / 22.10.2020