«Odnoklassniki» guruhlar uchun donatlarni qabul qilish xizmatini ishga tushirdi

Fan-texnika 10:15 / 11.12.2020 3494

«Odnoklassniki» dagi guruhlar administratorlari endilikda Boosty.to mualliflik kontenti monetizatsiya xizmati bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan yangi «Donaty» xayriya xizmati yordamida o‘z kontentida pul ishlab topishlari mumkin. OK barcha foydalanuvchilari guruhni qo‘llab-quvvatlab, administratorlarga 1 rubldan boshlab har qanday summani o‘tkazishlari mumkin. Yangi xizmat mualliflarga o‘z kontentida ko‘proq pul ishlash, ijtimoiy tashkilotlarga xayriya yig‘ishni ishga tushirish, barcha foydalanuvchilarga esa sevimli guruhlarni rag‘batlantirish va ularning rivojlanishiga yordam berish imkonini beradi.

Xizmat «Odnoklassniki» da guruhlarni olib boradigan va kontent rivojlanishi yoki sifatini oshirishga qo‘shimcha mablag‘ni jalb etmoqchi bo‘lganlar, shuningdek, reklama bo‘lmagan monetizatsiyani ko‘paytirish maqsadida bo‘lganlar uchun foydali bo‘ladi. Masalan, OAV o‘z obunachilaridan xayriya mablag‘larini yig‘ishlari mumkin, blogerlar va guruhlar esa o‘z obunachilaridan yangi kontent yaratish uchun mablag‘ qabul qilishlari mumkin.

Birinchi bosqichda xayriya yig‘imlarini ishtirokchilar soni 50 mingdan kam bo‘lmagan guruhlarga ulash mumkin bo‘ladi, keyinchalik esa xizmat obunachilar soni kamroq bo‘lgan guruhlar uchun ham mumkin bo‘ladi. Buning uchun administratorlar guruh sozlamalarida menyudagi «Donaty» punktini tanlashlari va summani hamda yig‘im maqsadini ko‘rsatishlari lozim. Guruhni qo‘llab-quvvatlash imkoniyati barcha obunachilarda ijtimoiy tarmoqning desktop va mobil versiyalarida aks ettiriladi.

Obunachilar pulni o‘tkazish uchun guruh yangiliklari lentasi ustida joylashgan «Podderjite gruppu» tugmasini bosishlari kerak.  Obunachi qilingan xayriyaga dalda, quvonch va boshqa hissiyotlarni ifodalash uchun o‘z emotsiyasini ham biriktirib qo‘yishi mumkin.

Pullarni namoyishkorona ham, o‘z ismini boshqa foydalanuvchilardan sir saqlab,norasmiy  holda ham o‘tkazish mumkin. Xayriya mablag‘larini o‘tkazganlar ro‘yxati guruh yangiliklari lentasi yuqorisida aks ettiriladi, administrator xohishiga ko‘ra guruh sozlamalarida bu ma'lumotni yashirishi mumkin. To‘lovlar foydalanuvchining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntiga bog‘langan bank kartasidan yechib olinadi va pul o‘tkazmasi amalga oshirilgandan so‘ng 24 soat ichida guruh hisobiga tushadi.

Ishga tushirganda xizmat komissiyasi 5% ni tashkil etadi. Yig‘ilgan mablag‘lar avtomatik tarzda sutka davomida bir marta «Donaty» ni sozlaganda ko‘rsatilgan bank kartasiga qabul qilinadi. Mablag‘larni chiqarish uchun komissiya alohida olinadi.

OK va Boosty.to xizmatlari o‘zaro integratsiyasi guruh administratorlariga o‘z ijodini qulay va ular uchun odatiy maydonda monetizatsiya qilish imkonini beradi.

Avvalroq «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmoqning desktop versiyasida va OK Live mobil ilovasida to‘g‘ridan to‘g‘ri translatsiyalarni yaratuvchi mualliflarni qo‘llab-quvvatlash vositalarini ishga tushirgan edi. Efir paytida tomoshabinlar translatsiya muallifini pullik sovg‘alar bilan rag‘batlantirishlari mumkin: foydalanuvchilar olingan mablag‘larni OK virtual valutalarida bank kartasiga chiqarishlari mumkin yoki ijtimoiy tarmoqdagi pullik xizmatlarni to‘lash yoxud o‘yinlardagi bonuslar uchun ishlatishlari mumkin.

Boosty.to haqida

Boosty.to — bu DonationAlers jamoasi tomonidan mualliflik kontentini monetizatsiyalash xizmatidir. U ijodkor mualliflarning keng doirasiga: yozuvchilar, illyustratorlar, musiqachilar va boshqa kreativ insonlarga pul ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Xizmat obuna modeli asosida ishlaydi: muallif har oydagi pullik obunalar va ularning to‘lish darajasini aniqlaydi, muxlislar esa muallifning Boosty.to' dagi blogi eksklyuziv kontentiga kira olishadi.  Shuningdek, Boosty.to' da alohida postlarni sotish va kraudfanding — biror-bir maqsad uchun pul yig‘ish imkoniyati mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: