Nursulton Nazarboyev Jyeki Chan bilan kinosanoatdagi qo‘shma loyihalarni muhokama qildi

Foto: akorda.kz
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Pekinda xitoylik mashhur aktyor Jyeki Chan bilan uchrashib, u bilan kinoda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.
Nazarboyevning matbuot xizmati ma'lum qilishicha, uchrashuvda aktyorning ijodiy jamoasi a'zolari ham ishtirok etishgan. Qozog‘istonning birinchi prezidenti suhbat davomida Jyeki Channing dunyo kinosiga qo‘shgan ulkan hissasini qayd qilib o‘tgan. “Men shunday mashhur inson bilan uchrashishdan xursandman. Siz butun dunyoda mashhursiz”, deb aytgan Nazarboyev.

Aktyor o‘z navbatida yaqin istiqboldagi ijodiy rejalari haqida so‘zlab bergan va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasidagi fikrlarini bildirgan.
Hozirda Xitoy poytaxti Pekinda ikkinchi “Bir makon, bir yo‘l” forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid

11:46 / 09.01.2025
“Qozoqgeyt” ishi – AQSh Qozog‘iston prezidenti va bosh vazirini nimada ayblagan edi?

21:48 / 04.01.2025
To‘qayev davlat gazetasiga intervyu berib, Nazarboyevni ochiq tanqid qildi

19:24 / 03.01.2025
«Siyosiy andishasi bilan ajralib turmagan» - To‘qayev Nazarboyev haqida

16:27 / 03.01.2025