O‘zbekistonda soxta tabiblar faoliyatiga chek qo‘yuvchi qonun qabul qilinadi

O‘zbekiston 11:33 / 24.04.2019 7715

2019 yil 23 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, majlisda dastlab «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish haqida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Prezidentning 2018 yil 12 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan mazkur qonun loyihasi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa — bugungi kunda mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, tatbiq etilayotgan maqsadli dasturlar bilan bir qatorda, ajdodlardan bizga meros bo‘lib kelayotgan xalq tabobatini rivojlantirish, uni huquqiy tomondan mustahkamlash maqsadida qonunchilik tizimini shakllantirishga qaratilgan. Asosiy e'tibor xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan shaxslarga yoki tabiblar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga bevosita daxldor ijtimoiy masala bo‘lganligi bois ular faoliyatini qonun doirasida tartibga solish, huquqiy maqomini belgilashdir. 

Tahlillarga qaraganda, xalq tabobati faoliyatining muvofiqlashtirilmasligi va nazorat qilinmasligi sababli hamda ayrim tabiblar tomonidan sifatsiz xizmatlar ko‘rsatilishi natijasida iste'molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarining buzilishiga sabab bo‘layotganini ko‘rsatmoqda. Buni Oliy sud tomonidan 2010-2017 yillarda tabiblar xizmatlaridan foydalanuvchi aholining huquqlari buzilishi bilan bog‘liq 1529 ta ish ko‘rib chiqilgani ham yaqqol tasdiqlaydi.

Deputatlarning fikricha, ushbu qonun loyihasi xalq tabobati sohasini tartibga soluvchi qonunchilikni shakllantirishga asos bo‘ladi. Shuningdek, xalq tabobati usulida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tibbiy faoliyatni litsenziyalash uchun belgilangan tartibda tibbiy ta'lim ma'lumoti mavjudligi talabidan tashqari amalga oshirilishiga, Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan xizmat ko‘rsatish hajmi va tartibiga, sanitariya qoida va normalariga muvofiq aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatilishiga, soxta tabiblar faoliyatiga chek qo‘yilishiga imkon beradi. Muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: