Hisob palatasi 1,1 trln so‘mlik va 74 mln dollarlik noqonuniy hamda samarasiz xarajatlarni aniqladi

Iqtisodiyot 09:12 / 24.04.2019 9622

2019 yilning 23 aprel kuni deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2018 yil yakunlariga bag‘ishlangan hisoboti eshitildi. 

“Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda quyidagi muhim ma'lumotlar keltirilgan:

2018 yilda o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar, ko‘rilgan choralar va amaliy yordamlar natijasida:

joylarga chiqqan holda 234 514 ta yuridik shaxs va 1 676 285 nafar jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilar faoliyati bevosita tahlil qilingan holda davlat budjetiga qo‘shimcha 4 721,9 mlrd. so‘mlik daromad manbalari aniqlandi. 2018 yilda budjetga rejalashtirilgan 9,1 trln.so‘m qo‘shimcha manba hududlar bo‘yicha 9,8 trln.so‘mga (107,1%) ta'minlandi;

budjet tizimi budjetlari shakllantirilishi va xarajat qismi ijro etilishini nazorat qilish tadbirlari davomida 1 196,8 mlrd. so‘mlik va 74,2 mln. dollarlik noqonuniy va samarasiz xarajatlar, shuningdek boshqa uslubiy xato va kamchiliklar aniqlandi. Aniqlangan moliyaviy kamchiliklarning 101,5 mlrd. so‘mlik qismi bartaraf etilishi ta'minlandi;

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 3 151 ta hujjatlaridagi 25 642 ta topshiriqlar ijrosi nazoratga olinib, 853 ta muammoli masalalar bo‘yicha 264,5 mlrd. so‘m, 52,1 mln. doll. va 3,6 mln. yevrolik mablag‘lar jalb qilinishi hamda 68 ta tadbirkorlik sub'yektlariga yer maydonlari ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Bundan oldin, prokuratura organlari davlatga yetkazilgan 293 mlrd so‘m zararni undirgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: