XTV 11,4 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarni aniqladi

O‘zbekiston 11:18 / 23.04.2019 9701

Xalq ta'limi vazirligining Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi tomonidan 2019 yilning I choragi davomida xalq ta'limi tizimi muassasalarida budjet qonunchiligini buzish holatlari profilaktikasini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tashkil etildi. 

Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan chora-tadbirlar natijasida 1 444 ta tashkilot hamda maktablarda jami 11 413,7 mln. so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan.

O‘tkazilgan tahlillar natijasida ortiqcha va qo‘shimcha rejalashtirilgan mablag‘lar 4 276,9 mln. so‘m (37,5 foiz aniqlangan umumiy mablag‘dan), haqiqatda ishlamaydigan xodimlarga, ortiqcha saqlangan shtat birliklari hamda ishchi-xodimlar tomonidan bajarilmagan ish hajmlari uchun amalga oshirilgan to‘lovlar 2 071,7 mln. so‘m (18,2 foiz), malaka toifalarini belgilash sertifikatlarini qalbakilashtirish hamda ustama va mukofot pullarining ortiqcha to‘lanishi natijasida aniqlangan to‘lovlar summalari 2 018,0 (17,7 foiz)ni tashkil etganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar bo‘yicha tarkibida jinoyat alomatlari bo‘lgan 190 ta umumiy summasi 3 865,7 mln. so‘mlik o‘rganish materiallari huquq-tartibot organlariga topshirilib, 279 nafar mas'ul shaxsga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy choralar ko‘rildi.

Budjet qonunchiligini buzish holatlari profilaktikasini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida aniqlangan 3 023,4 mln. so‘m miqdordagi noqonuniy sarflangan budjet mablag‘lari belgilangan tartibda qaytarildi.

Ko‘proq yangiliklar: