Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan va Sirdaryoda KSZ tashkil etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Namangan va Sirdaryo viloyatlarida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatda qayd etilishicha:
Sirdaryo viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish doirasida viloyatda faoliyat yuritmayotgan korxonalar va ishlab chiqarish maydonlari negizida 2 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilgan va ularda qiymati 6 mlrd. so‘mga teng 9 ta loyihalar amalga oshirilgan;
Sirdaryo viloyati Xovos tumanida “O‘ztransgaz” AJga tegishli 3,5 ga teng bo‘lgan ishlab chiqarish maydonlari va obektlari bir necha yillar davomida faoliyat yuritmayotganligi sababli 2017 yilda savdolarga o‘rnatilgan tartibda qo‘yilgan bo‘lib bugungi kunga qadar xaridorlar tomonidan qiziqish bo‘lmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Namangan va Sirdaryo viloyat hokimliklarining Namangan va Sirdaryo viloyatlari davlat mulkining va davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obektlari negizida yangi kichik sanoat zonalarni (KSZ) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda foydalanilmayotgan tegishli ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki obektlarining Namangan va Sirdaryo viloyati hokimligiga belgilangan tartibda o‘tkazilishini, Namangan viloyati hokimligiga topshirish, shuningdek, davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlarining majlislarida foydalanilmayotgan obektlarni budjet hamda budjetdan tashqari jamg‘armalar oldidagi soliq bo‘yicha qarzdorlikni beriladigan aktivlarning qoldiq (balans) qiymati summasiga, qarzdorlik mavjud bo‘lmagan hollarda - ularning ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushi va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ulushini kamaytirish hisobidan Sirdaryo viloyati hokimligiga berish masalasi ko‘rib chiqilishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Namangan viloyati hokimligining Namangan viloyati Pop tumanidagi sobiq “O‘zruberoid” MChJ bino-inshootlari negizida tashkil etilgan kichik sanoat zonasi maqomi bekor qilish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.
Namangan viloyatida davlat mulkining foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obektlari hamda bo‘sh yer
aydonlar negizida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarining
RO‘YXATI
T/r |
Tashkil etilayotgan KSZning nomi |
Obektning manzili va nomi |
Hududi |
Bino-inshootlar maydoni |
1 |
"Mashad" |
Namangan shahar, Mashad MFY hududidagi bo‘sh yer maydoni |
9,8 |
- |
2 |
"Yoshlik" |
Mingbuloq tumani, sobiq "Gulbog‘ QUSh" bino inshootlari negizida |
1,55 |
1051,5 |
3 |
"Katta toshbuloq" |
Namangan tumani, Katta toshbuloq MFY hududidagi bo‘sh yer maydoni |
4,5 |
- |
4 |
"Yuksalish" |
Uychi tumani, Yuksalish MFY hududidagi bo‘sh yer maydoni |
24,7 |
- |
5 |
"Turkiston" |
Chortoq tumani, sobiq Chortoq paxta tolasi binosi |
2,1 |
1035.5 |
6 |
"Istiqlol" |
Yangiqo‘rg‘on tumani, Bunyodkor MFY hududidagi bo‘sh yer maydoni |
10 |
- |
7 |
"Mirishkor" |
Pop tumani, Mirishkor MFY hududidagi bo‘sh yer maydoni |
2,0 |
- |
Sirdaryo viloyatida davlat mulkining foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obektlari hamda bo‘sh yer maydonlar negizida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarining
RO‘YXATI
T/r |
Tashkil etilayotgan KSZning nomi |
Obektning manzili va nomi |
Hududi |
Bino-inshootlar maydoni |
1. |
Xovos tumani KSZ |
Xovos tumani, “Bunyodkor” MFY, “O‘ztransgaz” AK ga qarashli omborxona binolari |
3,5 |
3736,0
|
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Respublikada moyli ekinlarni yetishtirish rivojlantiriladi
Iqtisodiyot | 15:09
-
Farg‘onadagi issiqlik tarmoqlari Fransiya ko‘magida yangilanadi
Jamiyat | 15:07
-
«O‘zbekfilm» binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi (video)
O‘zbekiston | 15:07
-
FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kubogi asl nusxasini Trampga qoldirdi
Jahon | 15:03
Mavzuga oid

11:57
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti

14:34 / 14.07.2025
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

14:24 / 14.07.2025
“Ular xalq xizmatiga qaytarilishi kerak” – SSV “qizamiq epidemiyasi” bo‘yicha qamalgan namanganlik vrachlar haqida

08:05 / 14.07.2025