Mashhur yapon aktrisasi O‘zbekistonning Yaponiyadagi turistik brendi elchisi etib tayinlandi

O‘zbekiston 13:49 / 23.04.2019 6615

Yaponiyalik mashhur aktrisa Mayeda Atsuko O‘zbekistonning kunchiqar mamlakatdagi turistik brendi elchisi etib tayinlandi. "O‘zbekiston turizm elchisi" sertifikatini topshirish marosimi 23 aprel kuni Tokio shahrida bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Yaponiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari ushbu hodisani keng yoritmoqda va bu yaponiyalik salohiyatli sayyohlar orasida O‘zbekistonni turistik brend sifatida tanitish yo‘lida xizmat qiladi.

Turizm elchisiga sertifikat topshirish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning videomurojaati namoyish etildi.

Mayeda Atsuko — taniqli yapon aktrisasi va qo‘shiqchisi. 2005 yildan 2012 yilgacha «AKB48» guruhi tarkibida bo‘lgan, ayni damda esa yakkaxon ijrochi sifatida faoliyat yuritmoqda. Mayeda kinodagi ilk rolini 2007 yilda rejissyor Ichikava Junaning "O‘zlikni anglash" filmida ijro etgan. 2011 yilda "Sen uchun borimcha" serialidagi Asiya Midzuki roli uning dovrug‘ini yanada keng taratgan.

Ko‘proq yangiliklar: