Kinoryojisser Timur Bekmambetov Tatariston prezidenti yordamchisiga uylandi

Jahon 08:15 / 23.04.2019 15680

Tatariston prezidenti yordamchisi, respublikada shahar muhiti va jamoat hududlarini rivojlantirishni nazorat qiluvchi Nataliya Fishman va taniqli rejissyor Timur Bekmambetov 22 aprelda Qozondagi “Qozon” oila markazida joylashgan FHDYoda nikohdan o‘tishdi. 

Shundan keyin ular bu unutilmas lahzalarni Kaban ko‘li qirg‘og‘ida piknik bilan nishonlashgan. Unda Tataristonning sobiq bosh vaziri Ildar Xalikov, yozuvchi Radmila Xakova va boshqa mehmonlar ishtirok etishgan. 

Ta'kidlanishicha, 57 yoshli rejissyor va 28 yoshli Nataliya Fishman o‘rtasidagi munosabatlar haqida ma'lumot 2018 yil yozida paydo bo‘lgan. Avval Bekmambetov kinoprodyuser Varvara Avdyushko bilan nikohda bo‘lgan.

2017 yilda Bekmambetov Forbes talqiniga ko‘ra eng muvaffaqiyatli rossiyalik rejissyorlar reytingiga boshchilik qilgan. Reytingga ko‘ra, u suratga olgan filmlar kinokompaniyalarga 430 mln dollar keltirgan. Uning taniqli ishlari orasida “Nochnoy dozor” (Tungi nazorat), “Osobo opasen” (O‘ta xavfli), “Ben-Gur” va “Yolki” (Archalar) kabi filmlar bor.

Ko‘proq yangiliklar: