Huawei P30 Pro smartfoni foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarni Xitoyga jo‘natishi aniqlandi 

Fan-texnika 22:59 / 23.04.2019 12561

OCWorkbench resursi Huawei P30 Pro smartfoni foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarni Xitoydagi serverlarga jo‘natishini aniqladi. 

Ta'kidlanishicha, smartfon izlash murojaatlarini qayta ishlab, ularni fon rejimida ishlovchi dastur orqali serverlarga jo‘natadi. Ya'ni maxfiy axborotni jo‘natish uchun kompaniyaning dasturlarini ochish shart emas.

P30 Pro izlash murojaatlaridan tashqari, foydalanuvchi ma'lumotlarini ham jo‘natishi mumkin. Ta'kidlanishicha, axborot jo‘natiladigan serverlardan biri Xitoyning tarmoq xavfsizligi bo‘limiga tegishli.

Ko‘proq yangiliklar: