Firibgarlik qilishda gumonlangan shaxs ayol kishini pichoqladi

Jamiyat 16:24 / 23.04.2019 5037

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida shu yil 26 mart kuni Jarqo‘rg‘on tumani Surxon sohili mahallasida yashovchi B.A. uyida o‘zaro janjal oqibatida tanishi R.Sh. ismli ayolga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada R.Sh. kasalxonaga yotqizilib, B.A. ushlangan. 

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida B.A. ayolning turmush o‘rtog‘i, xususiy tadbirkor Sh.B.ga nisbatan firibgarlik jinoyatini sodir etganligi aniqlanib, mazkur holat yuzasidan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: