AES qurilishi bo‘yicha muzokaralar uchun xorijlik  mutaxassislar  yollandi

O‘zbekiston 13:57 / 23.04.2019 5887

O‘zbekistonda ilk atom elektr stansiyasi (AES) qurilishiga doir shartnomani tayyorlash uchun xorijlik ekspertlar yollandi. AES qurilish direksiyasi direktori Otabek Amanov Kun.uz muxbirining savoliga shu mazmunda javob berdi. 

 “Biz xorijlik ekspertlarni taklif qilyapmiz, ular bu yerda ish boshlashgan. Bu Rossiya va Belarusdan tashrif buyurgan mutaxassislardir”, - dedi u. 

Otabek Amanovning so‘zlariga ko‘ra, ekspertlar O‘zbekistonga 2019 yilda imzolanishi kutilayotgan AES qurilishiga oid shartnoma yuzasidan o‘tadigan muzokaralar bo‘yicha tavsiyalar berishadi. Shuningdek, xorijlik mutaxassislar yadroviy xavfsizlik, qurilish-montaj ishlari va muhandislik-tadqiqot ishlarini tashkillashtirishga oid maslahatlari bilan ham bo‘lishishadi. 

Ta'kidlash joizki, bundan avval “O‘zatom” agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov Sochi shahridagi “Atomekspo” forumi doirasida AES qurilishi uchun salohiyatli maydon bir oy ichida aniqlanishi haqida ma'lum qilgandi. 

O‘zbekistonda qurilishi rejalashtirilayotgan AES ikki “VVER-1200” energoblokidan iborat bo‘lib, ular «3+» avlodiga mansubdir. Obekt 2028 yilgacha ekspluatatsiyaga topshirilishi rejalashtirilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: